
Rahima onaning katta, fayzli hovlisi sirtidan havas qilgulik ko’rinsa-da, ichkari tomondan har lahzada portlashga tayyor olovli qozonni eslatadi. Bu xonadonda to’rt o’g’il va to‘rt kelin birga istiqomat qiladi. Ularning har biri turli xarakter va turli dunyoqarash egalari bo’lgani sababli, hovlida tinchlikdan ko‘ra janjal va tortishuvlar hukmron. Farzandlari va kelinlarining yagona orzusi — bu «qafas»dan qutulib, mustaqil hayot boshlash. Ammo qattiqqo’l va hukmron Rahima ona ularni o’z izmidan chiqarishni mutlaqo istamaydi. Uning nazdida, farzandlari alohida yashasa, ularning oilasi darhol parchalanib ketadi. Bunga onaning o’ziga yarasha asoslari ham bor. To’ng’ich o’g‘li qimor iskanjasiga tushgan, o’rtancha o’g’li maishatparast, uchinchi farzandi esa onaning eng ardoqli va yonginasidan ketkizgisi kelmaydigan suyanchig’idir.
Ssenariy muallifi: Diyora Shuxratovna, Ozod Shams
Postanovkachi-rejisser: Akbarxon
Postanovkachi-operator: Zoirxo’ja Asroriy
Bastakor: Farrux Sobirov
Rollarda: Muhabbat Abdullayeva, Tojirahmon Nig’matullayev, Rayhona G’aniyeva, Otabek Haqberdiyev, Dilnoza Tursunova, Rasulxon Qodirxonov, Bahora Arslonova, Akrom Axmedov, Mashhura Isaqova, Zilola Po’latova, Ziyoda Ro’ziqulova
RizaNova ilovasini yuklab oling @
Obuna bo’ling @
RizaNova @ Instagram
RizaNova @ Telegram
Barcha huquqlar himoyalangan.